CRM tizim yaratish: mijozlar, to'lovlar va xodimlar bir joyda
Mijozlar daftarda, to'lovlar Excel'da, xodimlar nazoratsiz bo'lsa, sizga CRM kerak. Biznesingizga moslab, noldan yoziladigan CRM tizim yasab beraman.
Bu xizmat kimga kerak
O'quv markazlari
O'quvchilar, o'qituvchilar, guruhlar, to'lovlar va qarzdorlik nazoratda.
Ko'p filialli bizneslar
Barcha filiallar bir tizimda, umumiy hisobotni bir tugma bilan ko'rasiz.
Savdo va xizmat kompaniyalari
Leadlar, mijozlar bazasi va sotuv jarayoni bir joyda.
CRM tizim nima va kimga kerak
CRM โ mijozlar, to'lovlar va xodimlar haqidagi hamma ma'lumotni bir joyda boshqaradigan dastur. Kim qarzdor, kim to'lagan, xodim nima qilgani, oy oxirida foyda qancha ekanini aniq ko'rasiz.
Men CRMni tayyor qolipdan emas, sizning biznesingizdan kelib chiqib yozaman: keraksiz funksiya yo'q, kerakli hisobotlar bor. Sifat Akademiya CRM misolida ko'p filialli o'quv markazi bir tizimda ishlayapti.
Nimalar kiradi
- Mijozlar yoki o'quvchilar bazasi
- To'lovlar, qarzdorlik, oylik daromad va chiqim hisobi
- Xodimlar faoliyati nazorati: kim nima qilgani tarixda saqlanadi
- Rollar va ruxsatlar: har kim faqat o'z ishini ko'radi
- Bir nechta filial bir vaqtda ishlaydi
- Hisobotlar va statistika
- AI yordamida avtomatik hisobotlar
Qanday ishlaymiz
Muhokama
Maqsad va vazifani aniqlaymiz. Maslahat bepul.
Reja va narx
Funksiyalar, muddat va narx boshidan yozma kelishiladi.
Dasturlash
Natijani bosqichma-bosqich ko'rsatib boraman.
Ishga tushirish
Sozlab beraman, o'rgataman va keyin ham yordam beraman.
Jonli ishlayotgan misollar
Nega mircode.uz bilan ishlash kerak
5 yillik tajriba
Biznes uchun web, bot, CRM va AI yechimlarini 5 yildan beri yarataman.
Jonli loyihalar
Hammasi real: sayt, Telegram bot va CRM hozir mijozlar uchun ishlab turibdi.
Bitta mas'ul odam
G'oyadan ishga tushirishgacha siz bilan men o'zim ishlayman va keyin ham yoningizda bo'laman.
Ko'p so'raladigan savollar
CRM tizim yaratish qancha turadi?
Narx kerakli modullar (to'lov, hisobot, filiallar, rollar) soniga bog'liq. Ehtiyojingizni eshitib, aniq narxni oldindan aytaman.
Mavjud ro'yxatlarimni tizimga ko'chirsa bo'ladimi?
Odatda mavjud ro'yxatlarni (masalan, Excel) tizimga ko'chirish mumkin. Buni loyiha boshida aniqlaymiz.
Bir nechta filial bilan ishlaydimi?
Ha. Filiallar bir tizimda, har bir filialning hisoboti alohida ham umumiy ham ko'rinadi.
Xodimlarni nazorat qila olamanmi?
Ha. Har bir xodimning qilgan ishi tarixda saqlanadi va rollar orqali ruxsatlar cheklanadi.
CRM Telegram bilan bog'lanadimi?
Ha. Hisobot va xabarlar Telegramga kelishi mumkin. Telegram bot va saytni ham CRM bilan ulash mumkin.
Loyihangizni muhokama qilamiz
G'oyangizni yozing, bepul maslahat beraman: aynan qaysi yechim kerakligini va nimadan boshlash foydali ekanini aytaman.