๐Ÿง  AI avtomatlashtirish ยท 5 yillik tajriba

AI avtomatlashtirish: takroriy ishlarni sun'iy intellektga topshiring

Xodimlaringiz kuniga yuzlab bir xil ishni qo'lda qilyaptimi? AI yordamchi, avtomatik hisobot va tahlil bilan vaqtingizni o'sishga qaytaraman.

Kimlar uchun

Bu xizmat kimga kerak

Ko'p murojaat oladigan bizneslar

AI yordamchi bir xil savollarga kecha-kunduz javob beradi.

Hisobotga ko'p vaqt ketadiganlar

Haftalik va kunlik hisobotlar avtomatik tayyor bo'ladi.

Sotuv bo'limlari

Leadlar saralanadi, tezkor javob beriladi va sotuv tushib ketmaydi.

AI biznesga qanday yordam beradi

Ko'p bizneslarda eng ko'p vaqtni bir xil ishlar oladi: bir xil savolga javob, hisobot yig'ish, ma'lumotni ko'chirish. AI bu ishlarni soniyalarda va charchamasdan bajaradi, xodimlar esa murakkab va foydali ishlarga o'tadi.

Men AI'ni "yangi so'z" uchun emas, aniq natija uchun qo'llayman: avval qaysi ish vaqtingizni eng ko'p olishini aniqlayman, keyin aynan shuni avtomatlashtiraman. Sifat Akademiya CRM'da AI hisobotlar shunday ishlayapti.

Nimalar kiradi

  • AI yordamchi: Telegram yoki saytda
  • Avtomatik hisobot va tahlil, Telegramga yuboriladi
  • Takroriy ishlar: ma'lumot kiritish, eslatma va xabar yuborish
  • Leadlarni saralash va tezkor javob
  • Mavjud sayt, bot va CRM'ga ulash
  • AI modellari bilan ishlash (masalan, Gemini API)
Jarayon

Qanday ishlaymiz

1

Muhokama

Maqsad va vazifani aniqlaymiz. Maslahat bepul.

2

Reja va narx

Funksiyalar, muddat va narx boshidan yozma kelishiladi.

3

Dasturlash

Natijani bosqichma-bosqich ko'rsatib boraman.

4

Ishga tushirish

Sozlab beraman, o'rgataman va keyin ham yordam beraman.

Nega men

Nega mircode.uz bilan ishlash kerak

5 yillik tajriba

Biznes uchun web, bot, CRM va AI yechimlarini 5 yildan beri yarataman.

Jonli loyihalar

Hammasi real: sayt, Telegram bot va CRM hozir mijozlar uchun ishlab turibdi.

Bitta mas'ul odam

G'oyadan ishga tushirishgacha siz bilan men o'zim ishlayman va keyin ham yoningizda bo'laman.

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

AI bilan aynan nimalarni avtomatlashtirish mumkin?

Eng ko'p so'raladiganlari: mijozlarga avtomatik javob, hisobot va tahlil tayyorlash, leadlarni saralash, eslatma va xabarlar yuborish, ma'lumot kiritish. Avval biznesingizni eshitaman va qaysi ish eng ko'p vaqt olishini aniqlayman.

AI xato qilsa nima bo'ladi?

AI javoblari sizning ma'lumotlaringiz va qoidalaringiz asosida sozlanadi. Murakkab yoki noaniq holatda suhbat sizga uzatiladi.

AI avtomatlashtirish qancha turadi?

Narx vazifa murakkabligiga bog'liq. Vazifani eshitib, aniq narxni oldindan aytaman, yashirin to'lovlar bo'lmaydi.

Mavjud botim yoki CRM'ga AI qo'shsa bo'ladimi?

Ha. AI mavjud sayt, Telegram bot va CRM'ga ulanadi, hammasini qaytadan yozish shart emas.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ma'lumotlar sizning tizimingizda saqlanadi, kirish ruxsatlar bilan himoyalanadi. Qaysi ma'lumot AI ga berilishini oldindan birga kelishamiz.

Loyihangizni muhokama qilamiz

G'oyangizni yozing, bepul maslahat beraman: aynan qaysi yechim kerakligini va nimadan boshlash foydali ekanini aytaman.

โœˆ๏ธ Bepul maslahat